schoolO'quv markazlari uchun

O'quvchilaringiz saytini haqiqiy serverga joylasin

Darsda yozilgan sayt kompyuterda qolib ketmaydi. O'quvchi uni internetga chiqaradi, domen ulaydi va SSL o'rnatadi. O'qituvchi esa barcha saytlarni bitta ro'yxatda ko'radi.

redeem1 oy bepul co_presentO'qituvchilarga bepul paymentsMarkazga 20%

Hamkorlik haqida videoda

Hamkorlik dasturi bilan ikki video orqali tanishishingiz mumkin: to'liq tanishtiruv va qisqacha sharh.

movieTo'liq video1:15

Hamkorlik dasturining to'liq tanishtiruvi

Videoda dasturning darslarda qo'llanilishi, o'quvchi va o'qituvchilarga beriladigan imkoniyatlar, markaz daromadini hisoblash tartibi hamda ariza topshirish jarayoni tushuntiriladi. Kerakli bo'limni tanlab, videoni shu joydan ko'rishingiz mumkin.

boltQisqa video0:42

Hamkorlik dasturining qisqacha sharhi

Dasturning asosiy shartlari: hamkorlik markaz uchun bepul, o'quvchilarga birinchi oy bepul, o'qituvchilarga hosting doimiy bepul, markazga esa o'quvchilar to'lovining 20 foizi 12 oy davomida o'tkaziladi.

Har bir ishtirokchi uchun foyda

Markaz, o'qituvchi va o'quvchi uchun alohida imkoniyatlar.

school

O'quvchilarga

STUDENT tarifi 1 oy bepul: PHP, Python, Node.js, MySQL, SSH va bepul SSL. Keyin oddiy narxda davom etadi.

co_present

O'qituvchilarga

Bepul TEACHER hostingi, o'z guruhlari va havolalari. Har bir o'quvchining saytini bir bosishda ochib tekshiradi.

payments

Markazga

O'quvchilar hosting uchun to'lagan pulning 20% markazga 12 oy davomida yoziladi. Uni kartaga yechib olish yoki DigHub balansiga o'tkazish mumkin.

Qanday ishlaydi

1

Ariza

Markaz my.dighub.uz/partner sahifasida ariza qoldiradi: nomi, shahri, telefoni.

2

Tasdiqlash

Bir ish kuni ichida tasdiqlaymiz. Markaz kabinetida o'qituvchilar uchun havola paydo bo'ladi.

3

O'qituvchilar

O'qituvchilar shu havola orqali ro'yxatdan o'tadi, markaz ularni bir tugma bilan tasdiqlaydi.

4

Guruhlar

Har bir o'qituvchi o'z guruhini ochadi va guruh havolasini o'quvchilarga beradi.

5

O'quvchilar

O'quvchi havola orqali ro'yxatdan o'tib, bepul hostingni oladi. Uning keyingi to'lovlaridan markazga 20% yoziladi.

Aniq shartlar

school

O'quvchi uchun STUDENT tarifi

Birinchi oy bepul, keyin 19 900 so'm/oy. 3 GB disk, PHP, Python, Node.js, MySQL, SSH, bepul SSL va domen ulash.

redeem

Bepul oy kimga beriladi

Har bir o'quvchiga bir marta: telefoni tasdiqlangan, Telegram orqali kirgan yoki o'qituvchisi tasdiqlagan bo'lsa.

co_present

O'qituvchi uchun TEACHER tarifi

Markazda ishlab turgan davrda bepul. Misollar va darslar uchun to'liq hosting.

payments

Markaz ulushi

O'quvchilarning hosting to'lovlaridan 20%, har bir o'quvchi qo'shilgandan keyin 12 oy davomida. Balans to'ldirishdan emas, xizmatga to'langan puldan.

account_balance_wallet

Pulni olish

Ulush to'lovdan 14 kun o'tib ochiladi. 100 000 so'mdan boshlab kartaga yechib olinadi (3 ish kunida) yoki istalgan summa DigHub balansiga o'tkaziladi.

monitoring

Hisobot

Markaz kabinetida: o'qituvchilar, guruhlar, o'quvchilar, ularning saytlari va har bir to'lov tarixi.

Savollar

Hamkorlik pullikmi?expand_more

Yo'q. Markaz uchun ham, o'qituvchilar uchun ham bepul.

Bepul oy necha marta beriladi?expand_more

Har bir o'quvchiga bir marta. U tasdiqlangan telefon raqamiga bog'lanadi.

Ulush qachon va qanday to'lanadi?expand_more

Ulush har bir to'lovdan 14 kun o'tgach ochiladi. 100 000 so'mdan boshlab kartaga yechib olasiz, 3 ish kuni ichida o'tkazamiz. Yoki istalgan summani DigHub balansiga o'tkazasiz.

O'quvchi to'lamasa, markazga majburiyat bormi?expand_more

Yo'q. Bepul oydan keyin to'lanmagan hosting to'xtatiladi va 30 kundan keyin o'chiriladi. Markaz hech narsa to'lamaydi.

O'quvchi kursni tugatsa nima bo'ladi?expand_more

Hosting va sayt o'quvchining o'zida qoladi. U akkauntini o'zi boshqaradi va xohlasa davom ettiradi.

Markaz bilan shartnoma tuziladimi?expand_more

Ha. Hamkorlik ommaviy oferta shaklidagi hamkorlik shartnomasi asosida bo'ladi: ariza yuborishda uning shartlarini qabul qilasiz. So'rovingizga ko'ra shartnomaning qog'oz nusxasini ham imzolaymiz. Shartnomani o'qish

Bog'lanish uchun kimga yozamiz?expand_more

Telegram: @humoy, telefon: +998 (33) 333-52-00, pochta: dighub.help@gmail.com. Ariza qoldirgandan keyin siz bilan o'zimiz ham bog'lanamiz.

Savollar bo'lsa, yozing yoki qo'ng'iroq qiling

Hamkorlik shartlari, texnik savollar va ulanish bo'yicha javob beramiz.

Yoki raqamingizni qoldiring, o'zimiz qo'ng'iroq qilamiz

Ro'yxatdan o'tish shart emas. Shartlarni tushuntirib, savollaringizga javob beramiz.

O'quv markazingizni qo'shing

Ariza qoldirish 2 daqiqa vaqt oladi.

Ariza qoldirisharrow_forward