Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 10.11.2026
Ushbu siyosat Dighub.uz qaysi ma'lumotlaringizni yig'ishi, ulardan qanday foydalanishi va qanday himoya qilishini tushuntiradi.
1. Qanday ma'lumotlar yig'iladi
- ro'yxatdan o'tishda: ism va familiya, tug'ilgan sana, mamlakat, elektron pochta yoki telefon raqami, parol (faqat shifrlangan holda saqlanadi);
- Telegram yoki Google orqali kirsangiz: shu xizmat bergan identifikator, ism va (Google'da) elektron pochta;
- tug'ilgan sana tabriklar, yoshga mos takliflar va akkaunt egasini tasdiqlash uchun ishlatiladi, hech kimga ko'rsatilmaydi;
- xizmatdan foydalanishda: IP manzil, brauzer turi, kirish vaqti, to'lovlar va balans tarixi;
- hostingga o'zingiz joylashtirgan fayllar va bazalar, biz ularni faqat xizmat ko'rsatish uchun saqlaymiz va ko'rib chiqmaymiz (qonun talabi yoki qoidabuzarlik tekshiruvi bundan mustasno).
2. Ma'lumotlardan nima uchun foydalanamiz
- akkaunt yaratish, kirish va hostingni boshqarish uchun;
- to'lovlarni qayd etish va hisob-kitob uchun;
- muddat tugashi, xavfsizlik va xizmat haqidagi muhim xabarlarni yuborish uchun;
- akkauntni buzib kirish va suiiste'moldan himoya qilish uchun.
Reklama xatlarini faqat roziligingiz bilan yuboramiz.
3. Cookie fayllar
Biz faqat zarur cookie fayllardan foydalanamiz: tizimga kirganingizni eslab qolish, tanlangan til va valyuta. Reklama va kuzatuv cookie fayllari ishlatilmaydi.
4. Ma'lumotlarni kimga beramiz
Ma'lumotlaringizni sotmaymiz. Ular faqat xizmat ishlashi uchun zarur bo'lgan hamkorlarga beriladi: to'lov tizimlari (to'lov paytida), xat yuborish xizmati (elektron pochta manzili). Qonunda belgilangan hollarda vakolatli davlat organlariga berilishi mumkin.
5. Saqlash va himoya
Ma'lumotlar himoyalangan serverlarda saqlanadi, ulanishlar HTTPS orqali shifrlanadi, parollar qaytarib bo'lmaydigan usulda (hash) saqlanadi.
Akkaunt ma'lumotlari akkaunt mavjud bo'lgan davrda saqlanadi. To'lov yozuvlari qonun talab qiladigan muddat davomida saqlanishi mumkin.
6. Sizning huquqlaringiz
Siz ma'lumotlaringizni ko'rish, tuzatish yoki akkauntni o'chirishni so'rashingiz mumkin. Ko'p ma'lumotlarni kabinetdagi «Profil» bo'limida o'zingiz o'zgartira olasiz; qolganlari uchun qo'llab-quvvatlash xizmatiga yozing.
7. O'zgartirishlar
Ushbu siyosat yangilanishi mumkin. Muhim o'zgarishlar haqida elektron pochta yoki kabinet orqali xabar beramiz.
Aloqa va rekvizitlar
- Telefon
- +998 (33) 333-52-00
- Elektron pochta
- dighub.help@gmail.com
- Bosh sahifa
- dighub.uz