To'lov va balans qoidalari
Oxirgi yangilanish: 10.11.2026
Dighub'da xizmatlar uchun to'lov balans orqali amalga oshiriladi. Quyida balans qanday ishlashi yozilgan.
1. Balansdan qanday foydalaniladi
Balansga to'ldirilgan mablag'ni saytimizdagi istalgan xarid uchun ishlatishingiz mumkin: hosting, tariflar, muddatni uzaytirish va boshqa xizmatlar.
Ishlatilmagan mablag' balansingizda saqlanib turadi va keyingi xaridlaringizda ishlatiladi.
2. Mablag'ni yechib olish
Balansdagi mablag'ni yechib olish, kartaga chiqarish yoki boshqa akkauntga o'tkazish imkoniyati mavjud emas, u faqat sayt ichidagi xaridlar uchun mo'ljallangan.
3. Xizmatdan voz kechsangiz
Hosting to'langan muddat oxirigacha ishlayveradi, balansdagi qoldiq esa keyingi xaridlaringiz uchun saqlanadi.
Xizmat shartlari buzilgani uchun to'xtatilgan hosting bo'yicha kompensatsiya berilmaydi.
4. Texnik xatolar va uzilishlar
Buyurtma texnik sabab bilan bajarilmasa yoki mablag' xato bilan ikki marta yechilsa, summa balansingizga qaytariladi.
Xizmat bizning aybimiz bilan uzoq vaqt ishlamasa, kompensatsiya balansga yoki hosting muddatini uzaytirish orqali beriladi.
5. To'lovdan oldin
Tarif va muddatni diqqat bilan tanlang. Savollaringiz bo'lsa, to'lovdan oldin qo'llab-quvvatlash xizmatiga yozing, tanlashda yordam beramiz.
Aloqa va rekvizitlar
- Telefon
- +998 (33) 333-52-00
- Elektron pochta
- dighub.help@gmail.com
- Bosh sahifa
- dighub.uz