Dighub
languageUZ
O'zbekchaРусскийEnglish
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Hujjatlar gavelOmmaviy oferta shield_personMaxfiylik siyosati currency_exchangeTo'lov va balans handshakeHamkorlik shartnomasi

Ommaviy oferta (xizmat ko'rsatish shartlari)

Oxirgi yangilanish: 10.11.2026

Ushbu hujjat Dighub.uz (keyingi o'rinlarda, «Dighub», «biz») tomonidan hosting xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha ommaviy ofertadir. Saytda ro'yxatdan o'tish yoki balansni to'ldirish orqali siz (keyingi o'rinlarda, «Mijoz») ushbu shartlarni to'liq qabul qilasiz.

1. Xizmat

Dighub veb-saytlar, botlar va ilovalarni joylashtirish uchun hosting xizmatini ko'rsatadi: disk, protsessor va xotira resurslari, domenlar, ma'lumotlar bazalari, pochta, SSL sertifikatlari, SSH va boshqa vositalar.

Har bir tarifning hajmi va imkoniyatlari saytdagi «Tariflar» bo'limida ko'rsatilgan. Ko'rsatilgan resurslar bitta hosting akkaunti uchun.

2. Akkaunt

Ro'yxatdan o'tishda o'zingizga tegishli elektron pochta yoki telefon raqamini ko'rsating: muhim xabarlar va parolni tiklash kodi shu yerga yuboriladi.

Akkauntingizga kirish ma'lumotlari (parol, Telegram yoki Google akkaunti) xavfsizligi uchun o'zingiz javobgarsiz. Akkauntingiz orqali bajarilgan barcha harakatlar sizniki hisoblanadi.

3. Narxlar va to'lov

Xizmat oldindan to'lov asosida ko'rsatiladi: avval balans to'ldiriladi, so'ng hosting muddati uchun to'lov balansdan yechiladi.

Balans so'mda yuritiladi. Narxlarni dollarda tanlagan mijozdan yechiladigan summa to'lov paytidagi sayt kursi bo'yicha hisoblanadi; amaldagi kurs kabinetda ko'rsatiladi.

Biz narxlarni o'zgartirishimiz mumkin. Yangi narx keyingi uzaytirishdan boshlab amal qiladi, allaqachon to'langan muddatga ta'sir qilmaydi. Narx oshishi haqida kamida 14 kun oldin xabar beramiz.

4. Muddat va uzaytirish

Hosting muddati tugashidan 3 kun oldin elektron pochtaga eslatma yuboriladi.

Muddat tugagach, uzaytirish uchun 3 kun beriladi. Shu vaqt ichida uzaytirilmasa, hosting to'xtatiladi. Fayllar va bazalar kamida 30 kun saqlanadi; uzaytirilsa hosting avtomatik qayta yoqiladi.

Muddat tugaganidan 30 kun o'tib ham uzaytirilmagan hosting fayllar, bazalar va pochta bilan birga o'chiriladi. O'chirishdan 7 kun va 1 kun oldin elektron pochta, SMS va kabinet orqali ogohlantiriladi.

O'chirilgan hostingning oxirgi zaxira nusxasi yana 30 kun saqlanadi. Shu muddat ichida uni pullik tiklash mumkin: tiklash narxi tarifning 1 oylik narxiga teng, ustiga 1 oylik hosting to'lanadi. 30 kundan keyin zaxira nusxa butunlay o'chiriladi va tiklab bo'lmaydi.

5. Taqiqlangan foydalanish

Hostingdan quyidagilar uchun foydalanish taqiqlanadi:

  • spam yuborish, fishing, firibgarlik va boshqa odamlarni aldash;
  • zararli dasturlar, viruslar, botnetlar va hujum vositalarini joylashtirish yoki tarqatish;
  • boshqa tizimlarga hujum qilish (DDoS, skanerlash, parol tanlash);
  • kriptovalyuta qazib olish va resurslarni haddan tashqari band qiladigan boshqa jarayonlar;
  • mualliflik huquqini buzuvchi, ekstremistik, bolalarga zarar yetkazuvchi yoki qonunga zid kontent;
  • ochiq proksi va boshqalar suiiste'mol qilishi mumkin bo'lgan xizmatlar.

Qoidabuzarlik aniqlansa, hosting ogohlantirishsiz to'xtatilishi mumkin. Bunday holatda to'langan mablag' uchun kompensatsiya berilmaydi.

6. Mijozning javobgarligi

Hostingga joylashtirilgan kontent, dasturlar va ularning xavfsizligi uchun Mijoz javobgar. Dasturlar (CMS, kutubxonalar) yangilab turilishini tavsiya qilamiz.

Biz kundalik zaxira nusxa olamiz, lekin muhim ma'lumotlarning o'z nusxangizni ham saqlang.

7. Bizning javobgarligimiz

Biz xizmatning uzluksiz va barqaror ishlashi uchun barcha choralarni ko'ramiz. Rejalashtirilgan texnik ishlar haqida oldindan xabar beramiz.

Biz bilvosita zararlar (boy berilgan foyda, ma'lumot yo'qolishi) uchun javobgar emasmiz. Har qanday holatda javobgarligimiz Mijoz oxirgi oyda shu xizmat uchun to'lagan summadan oshmaydi.

Uchinchi tomon xizmatlari (domen registratorlari, to'lov tizimlari, internet provayderlar) ishidagi uzilishlar uchun javobgar emasmiz.

8. Shartnomani bekor qilish

Mijoz istalgan vaqtda xizmatdan voz kechishi mumkin. Balansga to'ldirilgan mablag'ni faqat sayt ichidagi xaridlar uchun ishlatish mumkin, uni yechib olish imkoniyati mavjud emas, batafsil «To'lov va balans qoidalari»da.

Biz ushbu shartlar buzilganda xizmat ko'rsatishni to'xtatishimiz mumkin.

9. Nizolar va o'zgartirishlar

Nizolar avval muzokaralar orqali hal qilinadi. Kelishuvga erishilmasa, nizo O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi.

Biz ushbu shartlarni o'zgartirishimiz mumkin. Muhim o'zgarishlar haqida elektron pochta yoki kabinet orqali xabar beramiz. Xizmatdan foydalanishni davom ettirish yangi shartlarga rozilikni bildiradi.

Aloqa va rekvizitlar

Telefon
+998 (33) 333-52-00
Elektron pochta
dighub.help@gmail.com
Bosh sahifa
dighub.uz
Dighub

Loyihalaringizni internetda ishga tushirish platformasi.

ImkoniyatlarTariflarSavollar O'quv markazlariga Qo'llab-quvvatlash
© 2026 Dighub.uz
Ommaviy ofertaMaxfiylik siyosatiTo'lov va balansHamkorlik shartnomasi