Blogerlar bilan hamkorlik shartnomasi (ommaviy oferta)
Oxirgi yangilanish: 25.11.2026
downloadImzolash uchun PDF nusxasi
Ushbu hujjat Dighub.uz («Dighub») tomonidan blogerlarga hamkorlik dasturida ishtirok etish bo'yicha ommaviy ofertadir. Bloger («Hamkor») kabinetda ariza yuborishda shartlarni qabul qilganini belgilab, ofertani to'liq qabul qiladi.
1. Atamalar
- Mijoz: Hamkor havolasi yoki promokodi orqali Dighub'da birinchi marta ro'yxatdan o'tgan yangi foydalanuvchi.
- Ulush: Mijoz Dighub'ning pullik xizmatlari, jumladan keyinchalik qo'shiladigan xizmatlar uchun to'lagan summadan Hamkorga hisoblanadigan mukofot.
2. Predmet
Hamkor o'z auditoriyasiga Dighub xizmatini tavsiya qiladi, Dighub esa Mijozlar to'lovidan ulush to'laydi. Ishtirok etish bepul. Shartnoma mehnat munosabatlarini yuzaga keltirmaydi.
3. Kuchga kirishi
Dighub arizani tasdiqlagan kundan kuchga kiradi. Dighub sababini ko'rsatib rad etishi mumkin. Qabul sanasi, versiyasi va IP manzil saqlanadi. Tomonlar xohishiga ko'ra qog'ozda yoki elektron raqamli imzo (E-IMZO) bilan ham imzolashi mumkin. Bu majburiy emas.
Dighub deganda dighub.uz sayti egasi tushuniladi. Uning rekvizitlari shartnoma sahifasida ko'rsatiladi va keyinchalik to'ldirilishi yoki yangilanishi mumkin. Bu shartnoma shartlarini o'zgartirmaydi, uning kuchini to'xtatmaydi va qayta qabul qilishni talab qilmaydi.
4. Mijozni biriktirish
- Havola oxirgi o'tishdan boshlab 30 kun amal qiladi.
- Promokod ro'yxatdan o'tishda kiritiladi va havoladan ustun turadi.
- Mijoz faqat bitta Hamkorga biriktiriladi. O'quv markaziga biriktirilgan foydalanuvchi bloger mijozi bo'lmaydi.
- Hamkorning o'zi va uning boshqa akkauntlari Mijoz hisoblanmaydi.
- Mijozga birinchi hosting to'lovi uchun 10% chegirma beriladi.
5. Ulush
- Hosting buyurtmasi va uzaytirish uchun chegirmadan keyin to'langan summaning 20 foizi. Boshqa va yangi xizmatlar uchun foiz kabinetda ko'rsatiladi.
- Muddat barcha xizmatlar uchun umumiy: Mijoz ro'yxatdan o'tgan kundan 12 oy.
- Balans to'ldirish, bonuslar, hostingni tiklash va kabinetda 0% ko'rsatilgan xizmatlardan (hozircha domen) hisoblanmaydi.
- Kabinetda Hamkorga boshqa qiymat belgilangan bo'lsa, o'sha qo'llanadi.
- To'lov qaytarilsa, tegishli ulush bekor qilinadi.
6. To'lash
- Ulush 14 kundan keyin ochiladi, eng kam yechish 50 000 so'm.
- So'rovdan keyin 3 ish kuni ichida o'tkaziladi. Dighub balansiga ham o'tkazish mumkin.
- Rekvizitlar to'g'riligi va soliqlar uchun Hamkor javobgar.
7. Hamkor hostingi
Hamkorlik faol bo'lgan muddatda bitta PRO hosting bepul. Hamkorlik tugasa, joriy davr oxirigacha ishlaydi, keyin oddiy narxda.
8. Dighub majburiyatlari
Havola, promokod va kabinet berish; ulushni to'g'ri hisoblash va o'z vaqtida to'lash; Hamkorga yordam berish.
9. Hamkor majburiyatlari
- Reklama ekanini qonunchilikka muvofiq ko'rsatish, narx va imkoniyatlarni to'g'ri aytish.
- Spam, soxta akkaunt va aldov ishlatmaslik.
- Dighub nomidan ish yuritmaslik va brend nomi bo'yicha qidiruv reklamasi bermaslik.
- Mijozlar ma'lumotini oshkor qilmaslik.
10. Javobgarlik
9-band yoki 4-band buzilsa, Dighub shu buzilishga tegishli ulushni bekor qilishi va hamkorlikni to'xtatishi mumkin, sababi Hamkorga yoziladi. Hamkor 14 kun ichida e'tiroz bildira oladi.
11. O'zgartirish va bekor qilish
- Yangi shartlar e'lon qilingach 14 kundan keyin kuchga kiradi va faqat yangi Mijozlarga qo'llanadi.
- Har bir tomon 14 kun oldin xabar berib bekor qilishi mumkin.
- Qoidabuzarliksiz bekor qilinsa, oldingi Mijozlar ulushi 12 oyi tugaguncha davom etadi. 50 000 so'mdan kam qoldiq Dighub balansiga o'tkaziladi.
12. Nizolar
Avval muzokara, kelishilmasa O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sudda.
Aloqa va rekvizitlar
- Tashkilot
- Otabek Ahmadaliyev
- Telefon
- +998 (33) 333-52-00
- Elektron pochta
- support@dighub.uz
- Bosh sahifa
- dighub.uz