DigHub hosting haqida ko'p beriladigan savollar: bepul tarif, Python va Node.js, Telegram botlar, domen ulash, SSL, zaxira nusxa va to'lov.
DIGITAL FREE tarifida 300 MB disk, 256 MB operativ xotira, 1 ta sayt (domen), 1 ta MySQL baza, PHP va bepul SSL sertifikati bor. Bu oddiy sayt yoki portfolio uchun yetarli.
Bepul tarif 1 oyga beriladi. Muddat tugashidan oldin uni kabinetdagi “Uzaytirish” tugmasi bilan uzaytirasiz. Uzaytirish shartlari kabinetda ko'rsatiladi. Har bir foydalanuvchi bitta bepul hosting ochishi mumkin.
STUDENT (15 900 so'm), TEACHER, PRO va BUSINESS tariflarida. Bepul, START va PLUS tariflarida Python va Node.js yo'q.
Ha. Python yoki Node.js'dagi botlarni STUDENT tarifidan boshlab joylashtirish mumkin. Bot fayllarini yuklab, kabinet orqali ishga tushirasiz.
MySQL (MariaDB) va PostgreSQL. Bazalar soni tarifga bog'liq: bepul tarifda 1 ta, BUSINESS tarifida 50 tagacha.
Kabinetda domenni qo'shing. Keyin domenni sotib olgan saytingizda NS serverlarni ns1.dighub.uz va ns2.dighub.uz ga o'zgartiring. Domen odatda bir necha soat ichida ulanadi, SSL sertifikati esa avtomatik o'rnatiladi.
Yo'q, barcha tariflarda bepul. U avtomatik o'rnatiladi va o'zi yangilanadi.
Ha, pullik tariflarda zaxira nusxalar har kuni avtomatik olinadi. Saqlanadigan nusxalar soni tarifga qarab 2 tadan 14 tagacha. Bepul tarifda zaxira nusxa yo'q.
Ha, STUDENT tarifidan boshlab. Bunga brauzerdagi terminal ham kiradi, u kabinetning o'zida ochiladi va hech narsa o'rnatish shart emas.
Balansni Click, Paynet yoki Humo/Uzcard kartalari orqali to'ldirasiz. Hosting narxi balansdan yechiladi. Barcha narxlar so'mda.
Muddat tugashidan oldin sizga xabar yuboriladi. Uzaytirilmasa, hosting 3 kundan keyin to'xtatiladi, keyinroq esa o'chiriladi. O'chirilgandan keyin ham ma'lum muddat ichida zaxira nusxadan tiklash mumkin.
Hozircha serverlarimiz Germaniyadagi zamonaviy ma'lumotlar markazida joylashgan. Kelajakda O'zbekistondagi TAS-IX tarmog'ida ham serverlar ochishni rejalashtirganmiz. Ular orqali saytlar O'zbekistondagi foydalanuvchilar uchun yanada tez ochiladi.
Eng ko'p so'raladigan savollarga qisqa javoblar. Kerakli javobni topa olmasangiz, bizga yozing. Aloqa